Bosh sahifa›IELTS kalkulyator

IELTS kalkulyator

British Council rasmiy hamkori · Toshkent

IELTS umumiy ballingizni 30 soniyada bilib oling: boʻlimlar boʻyicha ballarni yoki toʻgʻri javoblar sonini kiriting. Kalkulyator CEFR darajangizni, zaif boʻlimni va kerakli ballga chiqish uchun nima qilish kerakligini koʻrsatadi.

Listening

6.0

Reading

6.0

Writing

6.0

Speaking

6.0

🎯 Maqsadli ballim:

6.0Umumiy ball

CEFR darajasi:B2

King’s Academy — British Council rasmiy hamkori

2015-yildan beri talabalarni IELTS’ga tayyorlaymiz va Toshkentda British Council rasmiy imtihoniga roʻyxatdan oʻtishga yordam beramiz.

britishcouncil.uz →

* Toʻgʻri javoblarni ballga aylantirish taxminiy: rasmiy shkala testdan testga biroz farq qiladi.

🎧Haqiqiy ballingizni dam olish kunlari tekshiring — CD Mock IELTS: 150 000 so‘m, keyingisi 50 000 arzonroq, 4-si bepul →

IELTS umumiy balli qanday hisoblanadi

Umumiy ball (Overall Band Score) — toʻrt boʻlim: Listening, Reading, Writing va Speaking ballarining oʻrtacha qiymati. Natija eng yaqin butun yoki yarim ballgacha yaxlitlanadi. Oʻrtacha .25 bilan tugasa .5 gacha, .75 bilan tugasa keyingi butun ballgacha yuqoriga yaxlitlanadi.

Misollar

Boʻlimlar ballari Oʻrtacha Umumiy ball
6.5 + 6.5 + 5.5 + 6.0 6.125 6.0
6.5 + 6.5 + 5.5 + 6.5 6.25 6.5
7.0 + 7.5 + 6.5 + 7.0 7.0 7.0
7.5 + 7.5 + 7.0 + 7.0 7.25 7.5
6.5 + 7.0 + 6.5 + 7.0 6.75 7.0

Toʻgʻri javoblarni IELTS balliga aylantirish

Toʻgʻri javoblar Listening Reading Academic Reading General
40 9 9 9
39 9 9 8.5
38 8.5 8.5 8
37 8.5 8.5 8
36 8 8 7.5
35 8 8 7
34 7.5 7.5 7
33 7.5 7.5 6.5
32 7.5 7 6.5
31 7 7 6
30 7 7 6
29 6.5 6.5 5.5
28 6.5 6.5 5.5
27 6.5 6.5 5.5
26 6.5 6 5
25 6 6 5
24 6 6 5
23 6 6 5
22 5.5 5.5 4.5
21 5.5 5.5 4.5
20 5.5 5.5 4.5
19 5.5 5.5 4.5
18 5.5 5 4
17 5 5 4
16 5 5 4
15 4.5 5 4
14 4.5 4.5 3.5
13 4.5 4.5 3.5
12 4 4 3.5
11 4 4 3
10 4 4 3

IELTS ballari va CEFR darajalari

IELTS CEFR Daraja
8.5–9.0 C2 erkin
7.0–8.0 C1 yuqori
5.5–6.5 B2 oʻrtadan yuqori
4.0–5.0 B1 oʻrta
4.0 dan past A2 va past boshlangʻich

Qancha IELTS balli kerak

Toshkentdagi xalqaro universitetlar odatda 5.5–6.0
Buyuk Britaniya va Yevropada bakalavriat odatda 6.0–6.5
Xorijda magistratura odatda 6.5–7.0
Dunyoning top universitetlari koʻpincha 7.0 va undan yuqori

Aniq talablarni tanlagan universitet yoki dastur saytidan tekshiring.

Koʻp beriladigan savollar

IELTS umumiy ballini qanday hisoblash mumkin?

Toʻrt boʻlim ballarini qoʻshing, 4 ga boʻling va eng yaqin butun yoki yarim ballgacha yaxlitlang. Oʻrtacha .25 boʻlsa .5 gacha, .75 boʻlsa keyingi butun ballgacha yaxlitlanadi.

Listening’da 7.0 uchun nechta toʻgʻri javob kerak?

Odatda 40 tadan taxminan 30 ta. Reading Academic’da taxminan 30 ta, Reading General Training’da taxminan 34 ta. Aniq shkala testga qarab biroz farq qiladi.

Academic va General Training farqi nimada?

Listening va Speaking bir xil. Reading va Writing farq qiladi: Academic oʻqish uchun, General Training ish va immigratsiya uchun kerak. General Training’da xuddi shu ball uchun Reading’da koʻproq toʻgʻri javob kerak.

Toshkentda IELTS’ni qayerda topshirish mumkin?

Rasmiy imtihonni British Council va IDP oʻtkazadi. King’s Academy — British Council rasmiy hamkori: imtihonga tayyorlaymiz va roʻyxatdan oʻtishga yordam beramiz.

IELTS ballini qanday tez oshirish mumkin?

Zaif tomonlaringizni bilish uchun bepul daraja testidan boshlang. King’s Academy intensivi 2 oyda 5.5 dan 7.0 gacha oʻsishga moʻljallangan, dam olish kunlaridagi CD Mock IELTS esa imtihonga tayyorligingizni koʻrsatadi.


So'rov qoldiring

Sinflarga yozilish yoki jamoamizning bir qismi bo'lishni xohlaysizmi?

✓

So'rov yuborildi

Siz bilan ish kuni davomida bog‘lanamiz.

Manzillar: King’s Academy — Alayskiy: Toshkent, Yunusobod, Qashg‘ar massivi C-4, +998 90 900 79 66 · BIY: Toshkent, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi 77, +998 94 413 09 00 · Sayram: Toshkent, Yunusobod-19, Yangi Yunusobod ko‘chasi 44, +998 99 225 88 88