-
Продолжительность занятий: Haftasiga 3 marta 80 daqiqadan
-
Продолжительность курса: Imtihon sanasigacha
-
Стоимость курса: 900 000 so'm oyiga
WESTMINSTER LITSEYIGA TAYYORLANISH
Biz Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universitet qoshidagi litseyga tayyorgarlik ko’rish uchun ixtisoslashgan maxsus kursni sizga taklif etamiz.
Kurs samarali o’qitish uchun eng yangi materiallardan foydalangan holda kirish imtihonida bo’ladigan vazifalarga qaratilgan. Ushbu kurs ikki fanga asoslangan: ingliz tili va matematika. Westminster litseyiga kirish imtihonlari asosida ingliz tilida insholar yozish yoki matematikadan mantiqiy savollarni yechish uchun maxsus dastur asosida o’qitiladi. Ishtirokchilar faqat bitta fanni tanlashlari mumkin, ammo bu muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini keskin kamaytiradi. Shuning uchun biz o’quvchilar ikkala kursni ham ishonchli va malakali o’qituvchilarimiz boshchiligida bizning markazda o’qishlarini tavsiya qilamiz.
So’nggi besh yil ichida biz yuzlab o’quvchilarni tayyorladik, ularning 70 foizdan ortig’i Westminster Litseyiga o’qishga kirishdi! Odatda ularning aksariyati qaytib kelib, eng yaxshi natijalarga erishish uchun biz bilan IELTS imtihonlariga ham tayyorgarlik ko’rishadi.
Kursning davomiyligi imtihon sanasigacha, ya’ni iyulning birinchi yarmigacha. Yurtimizning eng yaxshi litsey o’quvchilaridan biri bo’lish imkoniyatini boy bermang, biz bilan Westminster litseyiga tayyorgarlikni boshlang!
ru
uz
