
Toshkentda o‘smirlar va kattalar uchun ingliz tili kurslari
- Dars:
- Haftasiga 3 marta, 90 daqiqadan
- Kurs davomiyligi:
- 4–12 oy
Kurs haqida qisqacha
King’s Academy (Toshkent) — Umumiy ingliz tili: oʻsmirlar va kattalar, A1 → B2. 3 marta haftasiga × 90 daqiqa, 4–12 oy. Narxi: 900 000 soʻm/oy (Oloy), 700 000 soʻm/oy (BIY va Sayram).
900 000 soʻm/oy
700 000 soʻm/oy
🎁 Oloy: 3+ oy oldindan toʻlovda −15% va saytdagi promokod bilan birinchi oyga −10%.
Bu kurs kimlar uchun
King’s Academy’dagi umumiy ingliz tili kursi 13 yoshdan katta o‘smirlar va kattalar uchun: noldan (A1) Upper-Intermediate (B2) darajasigacha — erkin gapirish, eshitib tushunish, tarjimonsiz o‘qish va yozish. Bu IELTSga tayyorlanishdan oldingi eng yaxshi poydevor ham: IELTS kursi uchun B1–B2 daraja kerak.
Nimalarga ega bo‘lasiz
- Har darsda nutq amaliyoti — 10 kishigacha bo‘lgan guruhda har kim gapiradi, faqat tinglamaydi.
- Cambridge va Oxford bosma darsliklari — CEFR darajalari bo‘yicha sinalgan dastur.
- Aniq natija — har oy oxirida test va o‘qituvchidan fikr-mulohaza; o‘smirlarning ota-onalari natijalardan xabardor bo‘ladi.
- Kuchli o‘qituvchilar — IELTS 8.0–8.5 sertifikatlari va xalqaro malakaga ega. O‘qituvchini saytdagi profili orqali tanlash mumkin.
- Bepul qo‘shimcha imkoniyatlar — speaking klublar, kutubxona va o‘quv zonasi, turnirlar va mehmon spikerlar bilan uchrashuvlar.
Darajalar bo‘yicha dastur
| Daraja | Daraja oxirida nimalarni qila olasiz | Taxminiy muddat |
|---|---|---|
| A1 Beginner | O‘zingiz va oilangiz haqida gapirish, oddiy ibora va savollarni tushunish. | 4–6 oy |
| A2 Elementary | Kundalik vaziyatlarda muloqot: do‘kon, yo‘l, rejalar, o‘tgan tajriba. | 4–6 oy |
| B1 Intermediate | Tanish mavzularda suhbatni davom ettirish, xat yozish, film va maqolalarning asosiy mazmunini tushunish. | 4–6 oy |
| B2 Upper-Intermediate | Ish va o‘qish haqida erkin gaplashish, fikrni asoslash, IELTSga tayyorlanish. | 4–6 oy |
Muddatlar taxminiy: muntazam dars va uy vazifalari bilan daraja taxminan 4–6 oyda bir pog‘ona oshadi. Boshlang‘ich darajangizni bepul test ko‘rsatadi.
Darslar qanday o‘tadi
- Haftasiga 3 marta, 90 daqiqadan — ertalab, kunduzi yoki kechqurun, Du–Chor–Ju yoki Se–Pay–Shan jadvali bo‘yicha.
- Har darsda 4 ko‘nikma: gapirish, tinglash, o‘qish va yozish, shuningdek grammatika va so‘z boyligi.
- Darslik 4 oyga bir marta sotib olinadi (100 000 so‘m); tarqatma va raqamli materiallar bepul.
- Darsni qoldirsangiz, o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni qanday to‘ldirishni aytib beradi.
- Har oy guruh bo‘yicha hisobot: test natijalari, davomat va o‘qituvchi tavsiyalari.
Qanday yozilish mumkin
- Darajangizni bilib oling. Bepul daraja testini topshiring — taxminan 12 daqiqa, natija darhol chiqadi.
- Filial va vaqtni tanlang. Oloy, BIY va Sayram filiallaridagi bo‘sh guruhlar jadvalini ko‘ring.
- Bepul sinov darsiga keling. Guruh mos kelmasa, boshqa guruhda ikkinchi sinov darsini ham bepul taklif qilamiz.
Shartnomani filialda yoki onlayn tuzish mumkin. To‘lov karta, o‘tkazma, naqd pul yoki hamkorlar orqali bo‘lib to‘lash (Uzum, Click, Payme). Chegirmalar: oila a’zolari uchun 10% va do‘stingizni olib kelganingiz uchun 10%. Barcha narxlar «Narxlar» sahifasida.
Ko‘p beriladigan savollar
Noldan boshlash mumkinmi?
Ha. Kurs A1 Beginner darajasidan boshlanadi, maxsus tayyorgarlik kerak emas.
Kurs o‘rtasida guruhga qo‘shilsa bo‘ladimi?
Ha. Yangi talabalar istalgan vaqtda darajasiga mos guruhga qo‘shiladi, odatda sinov darsidan keyingi darsdan.
Kurs qancha turadi?
Oloy filialida oyiga 900 000 so‘m, BIY va Sayram filiallarida oyiga 700 000 so‘m. Birinchi dars bepul.
Bu kurs IELTS kursidan nimasi bilan farq qiladi?
Umumiy ingliz tili tilni A1 dan B2 gacha umumiy rivojlantiradi. IELTS kursi imtihon formatini o‘rgatadi va B1–B2 darajasi borlar uchun mos.
Ota-onalar o‘smirning natijalarini qanday biladi?
Har oy talabalar test yozadi, administrator va o‘qituvchi ota-onalar bilan aloqada bo‘lib, natija va davomat haqida xabar beradi.
Foydali havolalar
- CD IELTS kursi — B2 dan keyingi qadam
- IELTS 5.5 dan 7.0 gacha: qancha vaqt kerak
- IELTS natijalarini onlayn tekshirish
Talabalarimiz fikrlari
Google va Yandex Xaritalaridagi haqiqiy fikrlar — talabalarning asl matni.
“I’m currently taking an IELTS course here and I’m really happy with my experience. … He explains everything step by step and focuses on practical strategies that make the IELTS exam feel much easier.”
“My teacher Sultonmurod Atajonov who works in King’s Academy helped me achieve band 7.5 from IELTS examination.”
“King’s Academy offers excellent Mock IELTS tests, held every weekend. The testing environment is very comfortable, with a real exam atmosphere and professional instructors.”
“I had the pleasure of learning from Abror at King’s Academy, and I can confidently say he is an excellent IELTS teacher.”
“If you choose this English language learning center, you won't be mistaken. These days, we have completed the 5-month course with good results and received a republic-level certificate.”
“I was taught by Mr. Abror. He is a really professional teacher with a good attitude and strong pedagogical skills.”
“I studied with Ms Zulaykho and I really enjoyed her lessons.”
“All the teachers are professional and the atmosphere is very cool, I am very grateful to Mr. Akmal and Mr. Firdavs…”
Qolgan Kurslar
Bolalar uchun ingliz tili
Kurs 6–12 yoshli bolalar uchun: ingliz tilini noldan boshlayotgan yoki biroz biladiganlar. Bola A1 dan B1 gacha yo‘lni bosib o‘tadi: o‘yinlar, qo‘shiqlar, loyihalar va kichik…
700 000 – 900 000 soʻm/oyKattalar uchun ingliz tili (25+)
Kurs 25 yoshdan katta kattalar uchun — ish, muzokaralar, sayohat, ko‘chib o‘tish yoki o‘zingiz uchun ingliz tilida nihoyat gapirishni istaganlar uchun.
700 000 – 900 000 soʻm/oyIELTS 7.0+ intensiv
kompyuterda topshiriladigan IELTS Academic (CD IELTS) uchun 2 oylik tayyorgarlik: kompyuter xonasida 24 ta dars va 4 ta sinov imtihoni, 5.5–6.0 dan 7.0+ ga chiqish uchun.
1 600 000 soʻm/oy (faqat Oloy)Matematika
Matematika kursi maktab dasturini mustahkamlashi yoki litseylar, Prezident maktablari va OTMlarga kirish imtihonlariga tayyorlanishi kerak bo‘lgan o‘quvchilar uchun.
800 000 – 900 000 soʻm/oyWestminster litseyiga tayyorlov
Kurs Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti (WIUT) qoshidagi akademik litseyga kiruvchi o‘quvchilar uchun.
800 000 – 1 200 000 soʻm/oyKorporativ ingliz tili
Xodimlarni kompaniyaning haqiqiy vazifalari asosida ingliz tiliga oʻrgatamiz: yozishmalar, muzokaralar, hisobotlar va kasbiy terminologiya.
Kelishuv asosida (taxm. ~1 000 000 soʻm/oy)So'rov qoldiring
Sinflarga yozilish yoki jamoamizning bir qismi bo'lishni xohlaysizmi?
So'rov yuborildi
Siz bilan ish kuni davomida bog‘lanamiz.