Qanday yozilish
King’s Academy’ga yozilish oson — atigi 5 qadam. Har qanday kursda birinchi sinov darsi bepul, kurs yoki daraja mos kelmasa, boshqa variant va yana bitta bepul sinov darsini taklif qilamiz.
- 1
Kurs, guruh yoki ustozni tanlang
O‘zingizga qulay yo‘ldan boshlang: 1 daqiqada kurs tanlang, jadvaldan guruh va vaqtni yoki profili bo‘yicha ustozni tanlang. Darajangizni bilmaysizmi — bepul onlayn testdan o‘ting.
- 2
Ariza qoldiring
Saytda, Telegramda @kingsacademy_uz yoki telefon orqali +998 90 900 79 66. Administrator siz bilan bog‘lanib, savollaringizga javob beradi va sinov darsiga yozib qo‘yadi.
- 3
Bepul sinov darsi
Sinov darsi har qanday kursda bepul. Ustoz darajangizni baholab, mos guruhni tavsiya qiladi. Daraja yoki kurs mos kelmasa, ustoz va administrator boshqa kurs yoki jadvalni — va yana bitta bepul sinov darsini taklif qiladi.
- 4
Shartnoma, to‘lov va darsliklar
Shartnomani markazda yoki onlayn imzolash mumkin. To‘lov — naqd, karta, o‘tkazma yoki hamkorlar orqali muddatli to‘lov; oylik to‘lov har oyning 5-sanasigacha amalga oshiriladi. Darslik bir kurs (4 oy) uchun bir marta sotib olinadi — 100 000 so‘m. IELTS materiallari, tarqatma va raqamli materiallar — bepul.
- 5
O‘qishni boshlang
Odatda sinov darsidan keyingi darsdan boshlaysiz.
💰 Chegirmalar
Chegirmalar qo‘shilmaydi — eng kattasi qo‘llanadi. Chegirmalar IELTS, SAT kurslari va individual darslarga tatbiq etilmaydi.
🎁 Barcha o‘quvchilar uchun bepul
- 📚 Katta kutubxona va mustaqil o‘qish zonasi
- 📶 Bepul Wi-Fi
- 🗣 Speaking klublar
- ♟ Turnirlar: futbol, shaxmat, rasm chizish va boshqalar
- 🎤 Taklif etilgan mehmonlar bilan uchrashuvlar
- 🎓 Ochiq eshiklar kunida universitetlarga sayohatlar
Tadbirlar barcha filiallarda o‘tkaziladi, sanalar oldindan e’lon qilinadi. Istalgan filial o‘quvchilari boshqa filiallarning tadbir va sayohatlarida qatnasha oladi.
Boshlashga tayyormisiz?
Ariza qoldiring — administrator guruh tanlab, sizni bepul sinov darsiga yozib qo‘yadi.
So'rov qoldiring
Sinflarga yozilish yoki jamoamizning bir qismi bo'lishni xohlaysizmi?
So'rov yuborildi
Siz bilan ish kuni davomida bog‘lanamiz.